Buyuk Britaniyada şoir va dramaturg Uilyam Şekspirning qölyozmasi raqamli körinişga keltiriladi, deb xabar bermoqda The Independent naşri. Raqamlaştirilgan nusxalar internetga qöyilmoqçi.

Uşbu loyiha bilan Britaniya kutubxonasi şuğullanmoqda. Muallifligi dramaturglar jamoasiga tegişli ekanligi aytiladigan “Ser Tomas Mor” pesasi Şekspirga tegişli yozuvlar bölgan yagona saqlanib qolingan qölyozma hisoblanadi.

Pesaning Şekspirga tegişli qismida pesa qahramoni Londondagi fransiyalik qoçqinlar foydasiga nutq sözlaydi.

Raqamlaştirilgan sahifalarni Discovering Literature: Shakespeare saytida köriş mumkin böladi.

Umumiy hisobda Britaniya kutubxonasi 300 dan köproq qölyozma, kitob, xarita va boşqa materiallarni skanerlamoqçi.

Avvalroq britaniyalik olimlar Şekspirning qabrini skaner qilişgani ma'lum qilingandi.