Parijdagi 2015 yil 13 noyabrdagi terkatlarni tergov qiliş doirasida Belgiya poytaxti Bryusselning Fore kommunasida 15 martda Belgiya va Fransiya politsiyasi tomonidan ötkazilgan reyd oqibatida 3 nafar belgiyalik va 1 nafar fransuz politsiyasi jarohat oldi, qurollangan ekstremist yöq qilindi. Bunday ma'lumotlarni 15 martda Belgiya federal prokuraturasi keltirib ötdi.
Prokuratura bergan bayonotda ta'kidlanişiça, politsiyaga bir neça kişi öq uzgan bölişi mumkin, biroq qolgan jinoyatçilar haqida hozirça ma'lumot yöq.
“Parij teraktlarini tergov qiliş doirasida Fore kommunasidagi Dris köçasidagi kvartirada 15 martda soat 15:00 da tintuv ötkazilgan. Operatsiya davomida bir yoki bir neça kişi politsiyaçilar uy eşigini oçişganlaridan keyinoq ularga öq uzgan. 4 nafar politsiyaçi yaralangan: ulardan 3 nafari otişma boşlanişi bilanoq, 4-politsiyaçi keyinroq jarohat olgan.
Kalaşnikov avtomati turidagi qurol bilan qurollangan gumonlanuvçilardan biri soat 18:15 da Dris köçasidagi şturm vaqtida öldirilgan. Ayni vaqtda uning şaxsi aniqlaştirilmoqda.
Tergov davom etmoqda, ayni vaqtda qöşimça ma'lumot berişning imkoniyati yöq”, deyilmoqda prokuratura bergan bayonotda.
RTBF telekanalining ma'lum qilişiça, Bel'giya politsiyasi otişma joyida tergov işlarini tugatmoqda.
“Politsiya voqea joyini kuzatiş va guvohlar bilan işlaşni yakunlamoqda. Mavzedagi evakuatsiya qilingan aholi politsiya hamrohligida öz uylariga qaytmoqdalar”, deb xabar berdi telekanal.
Uşbu voqeadan keyin Belgiya boş vaziri Şarl Mişel mamlakat içki işlar vaziri Yan Yabon va adliya vaziri Koen Gens bilan favqulodda yiğiliş ötkazdi, söngra matbuot-anjumani berdi.
Boş vazir belgiyaliklarni xotirjamlikni saqlaşga çaqirdi va jarohatlangan politsiyalarga minnatdorçilik bildirdi.
Bu orada otişma detallari hamda asosiysi – politsiyaga öq uzganlar soni va ularning taqdiri noma'lumligiça qolmoqda. Derniere heure gazetasining politsiyadagi manbalariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, kamida ikki nafar jinoyatçi tomlar orqali qoçgan bölişi mumkin, politsiya ayni vaqtda bu ma'lumotni tekşirmoqda.
Parijdagi teraktlar taşkilotçilari orasida Bryusselning Molenbek kommunasida doimiy ravişda yaşagan va avval Suriyada jangarilar tomonidan jang qilgan kamida 4 nafar terrorçi yaşagan.






