15 mart oqşomida Yevropa Çempionlar ligasining nimçorak finalida "Mançester Siti" Kiyevning "Dinamo" jamoasini qabul qildi. "Şaharliklar" ikkinçi öyinni ham özlari uçun qoniqarli natija bilan yakunlaşdi.

"Etihad Stedium"da bölib ötgan javob öyinida hisob oçilmadi. Öyinning dastlabki daqiqalarida mezbonlar sardori Kompani jarohat olib maydonni tark etdi. Uning örniga öyinni Mangalya davom ettirdi. Mezbonlar 24 daqiqada ham majburiy özgarişni amalga oşirişdi, yana bir markaziy himoyaçi Nikolas Otamendi jarohat tufayli öz örnini Martin Demiçelesga böşatib berdi.

Pellegrini şogirdlari Kiyev bölib ötgan ilk bahsda 3:1 hisobida ğalaba qozonişgani bois, çorak final yöllanmasini qölga kiritişdi.

Şu tariqa, "Mançester Siti" klubi öz tarixida ilk marta Yevropa çempionlar ligasining çorak finaliga çiqdi.

Yevropa çempionlar ligasi, 1/8 final, javob öyini
Mançester Siti - Dinamo Kiyev 0:0 (0:0)
Mançester Siti – Xart, Kompani (Mangalya, 7), Klişi, Sabaleta, Otamendi (Demiçelis, 24), Fernando, Fernandino, Ture, Navas, Silva, Aguero.
Dinamo Kiyev – Şovkovskiy, Xaçeridi, Antuneş, Vida, Dragoviç, Garmaş, Velozu, Buyalskiy, Yarmolenko, Gusev, Teodorçik (Gonsales, 46).
Ogohlantirişlar: Otamendi (18), Antuneş (21).
Birinçi öyin – 3:1.