Qozoğistonliklarga byudjyet pullari taqsimlab berilişi mumkin. Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev muqarrar bazaviy daromadni tatbiq qiliş tajribasini örganib çiqişga buyruq berdi. Agar bu loyiha ma'qullansa, unda qozoğistonliklar davlatdan har oy ma'lum miqdorda pul olib turadilar, deb xabar bermoqda Tijorat televizion kanali.

Bunday tölovlar bir qator davlatlarda tatbiq qilinmoqda, biroq, mutaxassislarning dastlabki xulosalariga köra, yangi kiritiladigan qoida byudjyetni böşatişi, boqimandalik kayfiyatining ösişi va işsizlar sonining keskin köpayişiga olib kelişi mumkin.

Muqarrar bazaviy daromadni tatbiq qiliş uçun barça ijtimoiy nafaqalar olib tanlanişi kerak – pensionerlar, talabalar, kam ta'minlangan va köp farzandli oilalar har oylik tölovlarni olişmay qöyadi. Buning örniga byudjyet pullarini barça olişi mumkin böladi.

“Buning iqtisodiy ğoyasi şundaki, odamlar muqarrar bazaviy daromad olişganda ular özlariga yoqmaydigan joylarda işlaşdan töxtaydilar. Özlarida ijodiy qobiliyatlar, yangi biznes-ğoyalar rivojlantira boşlaydilar, volontyorlik rivojlanadi va bu yangi ğoyalarga turtki beradi. Bu iqtisodiy ösişning omili hisoblanadi”, deb aytmoqda iqtisodçi Şolpan Aytenova.

Avval bu ğoya mamlakatning ba'zi hududlarida sinovdan ötkazilgan edi. Tajriba ijobiy natijalar bergan – gumonlarga qaramasdan, odamlar ommaviy ravişda iş taşlaşni boşlamadilar, aksinça, ustaxonalar, dökon va rastalar oçişni boşlaganlar.

Hozirda Yevropaning boy davlatlari özlarining fuqarolari hisoblariga mömaygina pullar ötkazib turişni rejalaştirmoqdalar. Bu mablağ Finlyandiyada 550 yevroni, Şveytsariyada esa 2500 frankni taşkil qilişi mumkin.

Biroq Qozoğiston hukumatida qozoğistonliklar öz işlarini taşlaşlaridan xavfsiramoqdalar: köça supuriş, farroşlik qiliş va şaxtalarda işlaşga odam qolmaydi. Köçalar işsizlar bilan tölib ketadi. Nursulton Nazarboyevning özi ham avval aholi orasidagi boqimandalik kayfiyatini bir neça bor tanqid qilgan edi. Nazarboyev işlaşni istovçilarga barça şaroitlar yaratilgani, davlat hisobiga yaşaş ötmişda qolganini aytib ötgan.

Finlar bunday tizimni butun davlat miqyosida birinçi bölib tatbiq qiladilar. Ikki yillik tajriba davomida Finlyandiya hukumati öz fuqarolariga yuz milliard yevrodan köproq mablağ sarflaydi.

Qozoğistonlik ekspertlarning fikriça, Qozoğiston öz fuqarolariga bunday tölovlarni amalga oşirişga hali tayyor emas. Ularning fikriça, köp milliardlik xarajatlar qisqa fursatlarda davlat ğaznasini xonavayron qiladi.