AQŞ poytaxti Vaşingtondagi metro 16 martdan boşlab kamida bir kunga yopiladigan böldi. Bu haqda The Washington Post naşri rasmiy şaxslarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.
Metro AQŞ vaqti bilan çorşanbaga ötar keçasi (Toşkent vaqti bilan soat 9:00) 24 soatga yopiladi. Metro yopilişiga elektr kabellar xavfsizligini tekşiriş sabab bölmoqda.
Naşrning ta'kidlaşiça, metroni yopiş haqidagi qaror 14 martda kabellardan biri yonib ketganidan keyin qabul qilingan. Xuddi şunga öxşaş voqea ötgan yili tutunlanişga sabab bölgan, buning oqibatida bir kişi halok bölgandi va önlab kişilar jarohatlangandi.
Vaşington metrosi rahbarining ta'kidlaşiça, bunday qaror avvalambor yölovçilarning xavfsizligi va ötgan yildagidek holat takrorlanmasligi uçun qabul qilindi.
Uning aytişiça, metro yopilişi vaqtida 600 ga yaqin elektr kabel tekşirib çiqiladi. Agar tekşiruv vaqtida kabellarda xavfli hududlar aniqlansa, unda metro ta'mirlaş işlarini ötkaziş uçun köproq muddatga yopilişi mumkinligi ta'kidlandi.






