AQŞ prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ukrainalik ayol uçuvçi Nadejda Savçenkoni ozod qilişga çaqirdi. Bu haqda AQŞning Moskvadagi elçixonasi matbuot kotibi Uill Stivensga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.

Uning aytişiça, bu masala 14 martda ikki prezident örtasida bölib ötgan telefon suhbatida muhokama qilingan.

“AQŞ prezidenti Barak Obama özining rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni qölga olingan uçuvçi va parlament a'zosi Savçenkoni Minsk kelişuvlarining barça noqonuniy uşlab turilgan şaxslarni ozod qiliş qoidasiga köra ozod etişga çaqirdi”, deb aytdi Stivens.

Avvalroq ukrainalik deputatlar Angela Merkel va Xillari Klintondan Savçenkoni ozod qilişda kömak berişlarini söraşgani ma'lum qilingandi.