Andijon viloyatining Oltinköl tumanida Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik işlari qizğin va kötarinki kayfiyatda olib borildi.

Bahorning ilk kunlaridan tuman ahli qişloq va mahallalarda keng kölamli obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini amalga oşirdilar. Köplab manzarali va mevali daraxt köçatlari, rango-rang gullar ekilgan tuman köçalarini aylansangiz bayramona manzarani körib, közingiz quvnaydi.

Bahorgi tengkunlik - Navröz ayyomining asosiy tantanalari tuman markazidagi “Oltin sohil” madaniyat va istirohat boğida ötkazildi.

Tadbir avvalida söz olgan tuman hokimi vazifasini bajaruvçi Uluğbek Soliboyev yiğilganlarni Navröz umumxalq bayrami bilan qutladi. Şundan söng tuman madaniyat uyining badiiy havaskorlari, ijodiy jamoalar hamda xalq ta'limi muassasalari tarbiyalanuvçilari tomonidan tayyorlangan “Assalom Navröz” deb nomlanuvçi katta konsert dasturi namoyiş qilindi. Dasturdan örin olgan asriy an'analarimizni ifoda etuvçi xalq qöşiqlari, aytişuv, ölan, laparlar yiğilganlarni xuşnud etdi. Şöh qöşiqlar yangrab barçani davraga tortdi.


Elmurod ERMATOV, Andijon