Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida yaşovçi A. Muborak uyiga qaytayotganida, röparasida tösatdan paydo bölgan notaniş yigit uning sumkasini yulib olib, voqea joyidan qoçib ketadi. Sumka içida 120 ming söm pul va fuqarolik pasporti bor edi. Jabrlanuvçi bu haqda şahar IIBga murojaat qiladi. Bu haqda “Postda” gazetasi yozmoqda.
IIV xodimlari tomonidan amalga oşirilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida jinoyat tezda foş etildi. Uşbu jinoyatni çirçiqlik H.Ş sodir etgani aniqlanib, u qölga olindi.
Hozir mazkur holat böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







