Saudiya Arabistoni hukumati neftdan mamlakatning asosiy daromad manbai va energiyani ta'minlaşning resursi sifatida voz keçmoqda. Qirollik öz e'tiborini qayta tiklanuvçi energiya manbalariga qaratmoqçi. Bu haqda Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimiy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

“Qayta tiklanuvçi energiya uçun Saudiya Arabistonidan yanada mukammalroq boşqa davlat bölmasa kerak, deb öylayman”, deb aytdi vazir. Al-Naimiy buni qirollikda quyoş nurining mölligi, işlatilmaydigan katta hududlarning mavjudligi hamda qumning serobligi bilan tuşuntirmoqda. Bularning barçasi quyoş elektr stansiyalarini quriş uçun eng asosiy omillar hisoblanadi.

Biroq al-Naimiy davlatlar yaqin 50 yil içida neftdan butkul voz keça olişlariga işonmasligini aytdi.

“Yaqin 50 yillik içida insoniyat yonilğidan voz keçmaydi, darvoqe bu unça ham yomon emas”, deb aytdi al-Naimiy.

Saudiya Arabistoni bir neça bor öz iqtisodiyotini diversifikatsiya qiliş va neft eksportidan boğliqlikni kamaytiriş böyiça katta kölamli rejalarini e'lon qilgan.