Boeing kompaniyasi nafaqat yölovçi taşuvçi samolyotlarini işlab çiqaradi, balki köpgina qiziq loyihalar bilan ham iş olib boradi. Ulardan biri bu boşqaruvçisiz «Echo Voyager» suv osti kemasi hisoblanadi.

Suv osti kema ilmiy va harbiy maqsadlarda ma'lumot yiğiş hamda tarqatiş uçun işlab çiqilmoqda. Boşqaruvçisiz kema gibrid energotizimga ega bölib, kompaniya uning işlaş prinsipini sir tutmoqda.

Yangi energotizim tufayli kema suv ostida bir neça oy davomida ma'lumot yiğa oladi va mustaqil ravişda ularni yuboriş uçun suv yuzasiga çiqadi. Bunday xususiyatlar uni boşqa suv osti kemalaridan farqlaydi.

«Echo Voyager» uzunasiga 15,5 metrni taşkil etib, 3353 metr çuqurlikkaça tuşa oladi. Misol uçun, çuqurlikka tuşiş rekordi «sovet» suv osti kemasi APL K-278 «Komsomolets»ga tegişli bölib, 1027 metrgaça tuşa olgan.

Loyiha mualliflarining sözlariga köra, qurilmaning narxi balandligiga (kompaniya hali beri aniq qiymatni aytgani yöq, lekin söz bir neça millionlar haqida ketmoqda) qaramay, xarajatlar uning xizmati kamçiqimligi orqali oşib ketmaydi.

Yangi suv osti kemasining qöllaniliş sohalari juda ham keng: suv osti kabellarini tekşiriş, suv osti çegaralarini buzib kiruvçilarni aniqlaş, qöriqlanuvçi akvatoriyalarni patrullaş, neft toşqinlarida ma'lumot yiğiş va qidiriş, jabrlanganlarni aniqlaş kabi holatlarda qurilma asqatadi.

«Echo Voyager»ning sinovlari şu yoz oylarida boşlanib, Kaliforniyaning suv qirğoqlarida amalga oşiriladi.