Facebook rahbari Mark Tsukerberg öz sahifasida Pekinning Tyananmen maydonida ertalabki yuguriş maşqlarini bajariş çoğida olingan suratini e'lon qildi. Suratga berilgan izohlarda XXR poytaxtining ifloslangan havosi va Xitoy internet-senzurasi töğrisidagi bahs-munozaralar avj olib ketdi.
Tsukerberg yugurgan paytda, körsatkiçlarga köra, Pekin havosi öta ifloslangan bölgani tarmoq foydalanuvçilarini hayron qoldirgan. Bu haqda TechAsia portali Air Quality ilovasining skrinşotini dalil qilgan holda yozdi.
Şuningdek, foydalanuvçilar aynan 1989 yilda Tananmen maydonida talabalar qözğolonining bostirilganini ham eslaşdi. Bundan taşqari, ba'zilar Tsukerbergdan Xitoydagi qat'iy internet-senzurasiga qaramasdan suratni qanday çop eta olgani haqida söraşgan.
Ma'lumot uçun, Xitoy hududida feysbuk ijtimoiy tarmoği rasman yopiq.







