Samvel Babayan boş murabbiyligidagi Özbekiston milliy terma jamoasi JÇ-2018 ikkinçi saralaş bosqiçi sönggi ikki öyinidan oldingi yiğinga kirişdi.

Ta'kidlaş joiz, ayni damda terma jamoa yiğiniga çaqirilgan futbolçilar Toşkentga yetib kelişdi. Faqatgina Rossiya çempionatida töp surayotgan Odil Ahmedov ("Krasnodar"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv"), şuningdek, keça öz jamoasi "Al Jaiş" safida Osiyo Çempionlar Ligasi guruh bosqiçi öyinida "Nasaf"ga qarşi maydonga tuşgan Sardor Raşidov yiğinga keyinroq kelib qöşiladilar. Qolgan barça futbolçilar Toşkentdagi yiğinda terma jamoa safiga kelib qöşilişdi.

Milliy terma jamoa boş murabbiyi Samvel Babayan mazkur yiğinda iştirok etadigan futbolçilarning kengaytirilgan tarkibini avvalroq e'lon qilgan edi.

Eslatib ötamiz, sönggi ikki öyin oldidan Özbekiston terma jamoasi olti uçraşuv ötkazib, 15 oçko töplagan holda guruhda ikkinçi örinni egallab turibdi. Guruhda hozirça 7 uçraşuvda 16 oçko jamğargan KXDR terma jamoasi peşqadamlik qilmoqda.

Ma'lumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionati 2018, ikkinçi saralaş bosqiçi doirasidagi sönggi ikki öyinni Toşkentdagi “Bunyodkor” stadionida bölib ötadi.

Özbekiston milliy terma jamoasining 24 mart kuni bölib ötadigan Filippinga qarşi uçraşuvi ham, Bahraynga qarşi 29 mart kuni böladigan öyin ham 18:00da start oladi.

Özbekiston milliy terma jamoasining "JAR" stadionidagi maşğulotlaridan fotosuratlarni saytning "Galereya" bölimida tomoşa qiliş mumkin.

Manba: the-uff.com