Hubble kosmik teleskopi töqqizta salmoqli maxluq-yulduzlarni aniqladi. Ularning har biri Quyoşdan kamida 100 barobar oğirroq. Tadqiqot natijalari Monthly Notices of the Royal Astronomical Society jurnalida, qisqaça Science va NASA saytlarida ma'lum qilindi.
Barça “yulduzçalar” R136 yulduzlar töplami Tarantul tumanligida Yerdan 170 ming yoruğlik yili masofada joylaşgan. Kaşf etilgan yulduzlarning umumiy yoruğligi Quyoş yoruğligidan 30 million barobar köp. Ular fanga ma'lum oğir yulduzlarning eng katta guruhini taşkil etadi.
Har oy uşbu yulduzlar atrofga yer massasi oğirligidagi materiya çiqaradi. Buning sababi zamonaviy astronomiyaga ma'lum emas.







