Xitoy ijtimoiy tarmoği Weibo (Twitter analogi)da 4 dyuymli iPhonening çakana örami paydo böldi. Bu haqida 9to5mac naşri xabar berdi.

Fotosuratga köra, yangi iPhone Apple tomonidan «SE» nomini olişi qaror qilingan.

Avvalroq, yangi qurilmaning iPhone 5se va 6c nomlar bilan atalişi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bundan taşqari, öram ustidagi 16 GB markirovkasi Apple kompaniyasi tomonidan haliveri smartfonning bu rusumidan voz keçilmasligidan dalolat beradi.

Şuningdek, öramda qurilma EarPods quloqçinlari bilan birga sotilişi haqida axborot bor va bu bilan qurilmada quloqçinlar uçun ulaniş porti mavjud ekanligiga taxmin qiliş mumkin. Qurilma Apple Pay mobil tölovlar tizimi işlaşi uçun NFC çipi bilan ham jihozlanadi.

iPhone SE Apple kompaniyasining 4-dyuymli smartfonlarining davomçisi hisoblanadi, lekin kuçliroq texnik xususiyatlarga ega böladi. Taxminiy ma'lumotlarga köra, smartfon kuçliroq A9 protsessori va 12 megapikselli kamera bilan qurollanadi.

Yangi iPhone SE`ni va iPad`ni Apple kompaniyasi 21 mart kuni taqdim etadi.