BMT Boş Assambleyasining 2012 yil 28 iyun kuni qabul qilgan rezolyutsiyasiga binoan sayyoramizdagi har bir insonning baxtga intilişini qöllab-quvvatlaş maqsadida har yili 20 mart kuni Xalqaro baxt kuni (International Day of Happiness) nişonlanadi.

Butan, Birlaşgan Arab Amirliklari, Venesuela, Ekvador va Şotlandiyada Baxt vazirligi bor. “Baxtga intiliş dunyodagi barça odamlarning umumiy tuyğusi”, degan fikrni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti ma'qulladi. Butan qirolligi tomonidan taklif qilingan mazkur ğoya BMT Boş Assambleyasida xalqaro xamjamiyatga a'zo barça 193 ta mamlakat tomonidan qöllab-quvvatlandi. Şu tariqa A/RES/66/281 raqamli rezolyutsiya qabul qilindi. Hujjatda barça mamlakatlarni har bir odamning farovonligini yaxşilaşga çaqiriladi. Bayramdan közlangan asosiy maqsad har bir inson baxtli bölişga xaqli ekanini körsatişdan iborat. Buning uçun faqat harakat, harakat va yana harakat zarur. Baxtli böliş esa juda ham osondir.

Xalqaro Gallup InternationalWIN tadqiqot agentliklari mustaqil uyuşmasi har yili sayyoramiz aholisi örtasida “Yil yakuni” (End of the Year) mavzuida ijtimoiy sörov ötkazadi. Respondentlarga beriladigan savollar orasida an'anaviy tarzda şaxsiy baxtlari xaqida xam söraladi. 2015 yil oxirida 68 mamlakatda istiqomat qilayotgan 66 ming aholi örtasida sörov ötkazildi. Sörov natijalarini tahlil qilgan mutaxassislarning fikriça, sayyoramiz aholisining 66 foizi, töğriroği har uç insonning ikkitasi özini baxtli xisoblaydi. Özini baxtsiz xisoblovçilar atigi 10 foizni taşkil qiladi. Respondentlarning 23 foizi baxt nimaligini his qilmasliklarini, şaxsiy hayotlarida baxt yöqligini aytişgan.

Sustainable Development Solutions Network SDSN va Kolumbiya universitetining 16 mart kuni e'lon qilgan dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingida 157 ta davlat orasida birinçi önlikka Daniya, Şveytsariya, Islandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Kanada, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Şvetsiya kirdi. AQŞ 13-örinni, Buyuk Britaniya esa 23-örinni egalladi. Fransiyaga 32- örin, Italiyaga esa 50-örin nasib qildi. Mustaqil Davlatlar Xamdöstligi mamlakatlari orasida eng baxtli davlat sifatida Özbekiston tan olindi. Umumiy hisobda esa mamlakatimiz 49-örinni qölga kiritdi.
Qozoğiston 54-örinda, Moldaviya 55-örinda, Belorussiya 61-örinda, Rossiya 64-örinda turibdi. Turkmanistanga 65-örin, Qirğizistonga 85-örin, Tojikistonga 100-örin nasib qildi. Ukraina esa 123-örinni qölga kiritdi. Eng baxtsiz mamlakatlar sifatida Suriya, Afğoniston, Gaiti, Kongo Demokratik Respublikasi, Çad, Madagaskar, Uganda, Benin, Xorvatiya va Gruziya tan olindi.

Eslatib ötamiz, ötgan yili World Happiness Index (“Dunyoning eng baxtli mamlakatlari”) reytingida Özbekiston 44-poğonada, Hamdöstlik Davlatlari örtasida esa birinçi örinda qayd etilgan bölib, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Malayziya va boşqa davlatlarni ortda qoldirgan. Bundan taşqari bizning mamlakatimiz “baxt indeksi” har yilgi ösiş körsatkiçida birinçi öntalik davlatlari qatoridan örin olgan. Mazkur tadqiqotda aholi farovonligi, Umumjahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra örtaça umr köriş yoşi, yalpi içki mahsulotining aholi jon boşiga taqsimoti, havfsizlik darajasi, oiladagi ajrimlarning soni, işsizlar körsatkiçi, korrupsiyaga qarşi kuraş borasidagi amaliy işlar, aholining fuqarolik taşabbusi va erkinligini amalga oşiriş huquqi kabi körsatkiçlar hisobga olingan. Şuningdek, insonlarning bir-biriga nisbatan işonçi, yaxşi munosabatda bölişi hamda kundalik xursandçilik va taşviş sabablari ham hisobga olingan.