Yevropa Ittifoqi BMT a'zo-davlatlarini Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllaşga da'vat etmoqda. Bu haqda taşqi siyosat xizmati saytida çop etilgan Yevropa Ittifoqi oliy vakili Federika Mogerinining YeI nomidan Qrimga oid bayonotida ma'lum qilindi.

Hujjatda aytilişiça, YeI avvalgidek Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligining qat'iy tarafdori va Qrimning Rossiyaga qöşilganini tan olmaydi.

“Yevropa Ittifoqi bu xalqaro huquqning buzilişini ayblaydi va tan olmasligini takror ma'lum qiladi. Bu barça mamlakatlarning birligi va suverenitetini himoya qiluvçi xalqaro qonun ustuvorligiga jiddiy raxna soladigan xalqaro xavfsizlikka töğridan-töğri da'vatdir”, -deyiladi bayonotda.