Turkiya prezidenti Toyyib Erdöğan 18 mart kuni terrorizmga qarşi kuraşişda Ğarb “prinsipiallikni namoyiş etmayotgan”ini ma'lum qildi.
Uning çiqişini mahalliy televideniye töğridan-töğri efirga uzatdi, deb xabar beradi TASS.

“Hududimizda qança terroristik guruhlar bölsa, ularning barçasi Turkiyaga qarşi birlaşib olişgan, Ğarb va köp mamlakatlar esa terrorizmga qarşi qat'iyat bilan kuraşmayaptilar. Yevropa Ittifoqi davlatlari bu muammoga yengi qarayaptilar va xuddi minali maydonda raqs tuşayotganga öxşaydilar”, - dedi Turkiya rahbari.

Erdöğanning fikriça, YeI Kurdistonning Işçi partiyasini terroristik guruh deb tan olgan bölsa ham, guruhga qarşi kuraşmayapti.

“Anqarada portlagan bomba Bryussel yoki boşqa Yevropa şahrida portlamasligiga kafolat yöq”, qöşimça qildi u. “Siz quçoğingizga olib uxlayotgan ilon istagan payt sizni çaqişi mumkin. Bomba sizning şaharlaringizda portlaganda bizni tuşunasiz, lekin unda juda keç böladi”, -noroziligini bildirdi Erdöğan.