Mirzamurod Mirzayev Buxoro viloyatining ajoyib va maftunkor Romiton şahrida tuğilgan. Uzoq orzu-umidlar bilan kutilgan kiçkintoy yurak xastaligi bilan tuğildi. Şifokorlar unda aniqlangan yurak qorinçalari örtasidagi parda nuqsonini vaqti kelib olib taşlaydilar, degan umid oilada sönmas edi. Lekin Mirzamurod ön bir yoşga tulganida yurak pardalari örtasidagi ğayritabiiy teşik kattalaşib, 11 sm ga yetdi. Bu yurak pardalari orasidagi teşikning ekstremal hajmi edi va şu sababdan şifokorlar zudlik bilan operatsiya qilişni talab qilişdi.

Taqdir taqozosi bilan oila Novosibirsk şahriga borib qoldi. U yerdagi şifokorlar ham operatsiya qilişni taklif etdilar, lekin Mirzamurodning onasi Qunduzning aytişiça, heç qanday kafolat berilmadi.

Yurak qorinçalari örtasidagi parda nuqsonini tuzatiş operatsiyasi - eng köp ötkaziladigan, şu sababdan eng yaxşi örganilgan jarrohlik uslublaridan hisoblanadi. Lekin bola yurak xastaligidan holsizlangan bölsa, vaznida kamomad aniqlansa, parda nuqsoni katta bölsa, oçiq yurakda, sun'iy qon aylantiriş uskunasiga bolani ulab, operatsiya qiliş, albatta, xavfli hol. Ota-ona tavakkalga işonmadilar va vataniga qaytdilar. Ozgina vaqt ötgaç, Mirzamurodning otasi tirikçilik işlari bilan ketdi va şundan beri undan heç bir xabar yöq.

Vaqt oqib ketaverdi, şu bilan birga, yurak operatsiya qiliş uçun mutlaqo yaroqsiz bölib qolişi xavfi ham oşib boraverdi. Bu xastalikning şunday bir yomon xususiyati bor - bir nuqtaga kelib, yurak jarrohlik uçun yaroqsiz bölib qoladi. Lekin turmuş örtoğisiz qolgan Qunduz uçun yana bir tösiq paydo böldi - oçiq yurakda operatsiya qiliş uçun zarur bölgan maxsus qimmatbaho oksigenator uskunasiga pul yetişmasdi.

Töğri, Özbekistonda bolalarni davolaş bepul, lekin, afsuski, hamma muhtojlarga ham oksigenatorlar yetişmaydi...

Mirzamurod tuğilib-ösgan Romitonda Xöja Azizonning maqbarasi bor - afsonalarga köra, u zot butkul beçora bölib qolgan insonlarga ham şifo keltirgan. «Men mö'jizaga işondim va u röyobga çiqdi - oddiy, lekin mehribon insonlar harakati bilan», - deydi Mirzamurodning onasi.

Operatsiyaga zarur bölgan oksigenatorlar «Soçnaya dolina» savdo belgisi 2015 yilning noyabrida ötkazgan «Hayotlarni birga qutqaraylik!» aksiyasi davomida töplangan mablağlar hisobidan xarid qilindi. Noyabr oyi mobaynida har bir sotilgan şarbat qutisidan tuşgan pulning bir qismi oğir xastalikka çalingan bolalarni operatsiya qiliş uçun jamlandi. Aktsiya 15 nafar bolaning operatsiyasiga yetarli pul mablaği töpladi.