Milliy matbuot markazida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita tomonidan “Mustaqillik yillarida diniy ta'lim sohasidagi islohotlar” mavzuida matbuot anjumani taşkil etildi. Bu haqda UzA muxbiri xabar bergan.

Unda Özbekiston musulmonlari idorasi, Toşkent pravoslav va protestant seminariyalari, davlat va jamoat taşkilotlari, diniy ta'lim muassasalari vakillari iştirok etdi.

Din işlari böyiça qömita raisi O.Yusupov, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov va boşqalar prezident Islom Karimov rahnamoligida Özbekistonda vijdon erkinligi ta'minlangani, diniy ta'lim tizimini yaratişga katta e'tibor qaratilganini ta'kidladi.

Diniy ta'lim muassasalarida yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovçi, diniy bağrikenglik tamoyillari asosida tarbiyalangan mutaxassislar yetişib çiqmoqda. Bu Özbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo bağrikenglik muhitini mustahkamlaş, yoşlarni diniy aqidaparastlik va ekstremizm xataridan himoya qilişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

"Ta'lim dargohimiz davlatimiz rahbarining farmoni bilan 1999 yili diniy va dunyoviy fanlarni özaro uyğunlikda örganiş, yuqori malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida taşkil etilgan.  Universitet qoşida ta'sis etilgan Islomşunoslik ilmiy-tadqiqot markazi islom madaniyatining sivilizatsiya rivojiga qöşgan hissasini örganiş, Qur'on va hadislar asosida diniy aqidaparastlik va mutaassiblikni foş etiş kabi yönalişlarda iş olib bormoqda", – deydi Toşkent islom universiteti rektori R.Abdullayev.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi “Din sohasidagi ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim işlarini va faoliyatini yanada takomillaştirişda ijtimoiy kömak va imtiyozlar beriş töğrisida”gi qaroriga muvofiq Toşkent islom instituti, örta maxsus islom bilim yurtlari diplomlari davlat ta'lim hujjati sifatida e'tirof etilgan. 2008 yildan buyon Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro markazi faoliyat yuritib kelmoqda. Markazda Qur'oni karim va hadis ilmi böyiça ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, mamlakatimiz imom-xatiblarining kasb mahorati oşirilmoqda.

Özbekistonda pravoslav va protestant seminariyalarida xristian dini yönalişida ham mutaxassislar tayyorlanmoqda. Diniy ta'lim muassasalari uçun öquv qöllanmalar çop etilmoqda. “Muqaddas dinimizga yuksak e'tibor va ehtirom”, “Özbekistonda davlat va din munosabatlari”, “Özbekiston – bağrikeng diyor”, “Islom va aqidaparast oqimlar” kabi köplab kitob va risolalar yoşlar dunyoqaraşini kengaytirişga, ogohlikka çorlaşga xizmat qilmoqda.

Tadbirda “Movarounnahr” va Toşkent islom universiteti naşriyotlari tomonidan çop etilgan diniy-ma'rifiy adabiyotlar körgazmasi taşkil qilindi.