Domino’s Pizza kompanisining Avstraliyadagi bölimi yangi pitssa taşuvçi robotning sinov-loyihasini amalga oşirmoqda. Avtomat tarzda harakatlanuvçi robot-taşuvçi Marathon Robotics stratapi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan bölib, faqatgina piyodalar yölakçasi va velosiped yölaklarida harakatlanadi. Aniq manzilni topişga unga örnatilgan GPS-modul va Google Maps xizmati ma'lumotlari yordam beradi.

Robot DRU (Domino's Robotic Unit) nomini olgan bölib, oğirligi 190 kilogramm va tezligi esa 20 kilometr soatni taşkil etadi. Yölda uçraydigan yölovçi hamda boşqa qarşiliklarni aylanib ötişga lazer sensorlar va kameralar yordam beradi.

Robotning içida ikkita bölinma mavjud bölib, biri 10 gaça pitssani isitib saqlaş uçun va boşqa bölinma esa içimliklarni sovutiş uçun möljallangan. Pitstsani robotdan qabul qilib oliş uçun, pul qabul qiluvçiga buyurtma qiymatini solib, buyurtma vaqtida berilgan maxsus kodni teriş kerak böladi.