Rossiya Xitoyga buğdoy yetkazişni boşladi, deb keltirdi Rosselxoznadzor boşliği örinbosari Yevgeniy Nepoklonovning bayonotini RNS naşri.
Nepoklonov “Rossiya buğdoyi ötgan yilning dekabrida Xitoy bozori oçilgandan beri bu davlatga yetkazilişi boşlandimi-yöqmi?” degan savolga “Albatta, ular yetkazilmoqda”, deb javob berdi. U Xitoyga yetkazilayotgan buğdoy hajmlari hamda eksport hajmlari böyiça rejalarni ma'lum qilmadi.
Rossiya va Xitoy 2015 yil 17 dekabrda Rossiyadan Xitoyga eksport qilinadigan buğdoy, makkajöxori, soya va rapsga fitosanitar talablar haqidagi bayonnomalarni imzolaşgandi.
“Kommersant'” gazetasi ma'lumotlariga köra, bu bayonnoma rossiyalik eksportçilarga Xitoyga Rossiya importini norentabel qiluvçi bir qator qat'iy çoralar qöyadi.
Jumladan, Xitoy Rossiyaning Oltoy, Krasnoyarsk ölkalari, Novosibirsk va Omsk viloyatlaridan yetiştirilgan buğdoyni yetkazişga ruxsat bergan.
Şuningdek, makkajöxori, soya va raps Xabarovsk, Primore va Zabaykale ölkalarida, Amur viloyati va Yahudiy muxtor viloyatida yetiştirilgan bölişi lozim.






