BAAning FlyDubai aviakompaniyasiga tegişli Boeing 737-800 layneri qöniş uçun birinçi uriniş muvaffaqiyatsiz çiqqaç, yana 2 soatdan ortiq vaqt davomida havoda bölgan va qönişga uringan.

Flightradar24 manbasi xabariga köra, samolyot aeroport atrofida 10 martaga yaqin aylanişni amalga oşirgan. Saytda samolyot halokatga uçraşidan oldin hududda kuzatilgan havo şaroiti ham keltirilgan.

Samolyot Dubaydan Moskva vaqti bilan soat 19:35da havoga kötarilgan va soat 23:41da Rostov-Dondagi aeroportga qönişi kerak bölgan. Samolyot qöniş uçun birinçi uriniş çoğida yerga 500 m yaqinlaşgaç, birdan havoga kötarilgan.

Moskva vaqti bilan soat 01:40da uçuvçilar ikkinçi urinişni amalga oşirişga kirişişgan. Bu uriniş ham muvaffaqiyatsiz çiqqaç, samolyot yuqoriga kötarila boşlagan. U 1200 m balandlikka çiqqaç, birdan pastga qulagan. Bu vaqtda soat Moskva vaqti bilan 03:40 edi.

Uçuvçi ingliz tilida dispetçerlarga "Qöniş uçun ikkinçi urinişni boşlayapmiz", deya xabar qilgan.

Bundan oldinroq, Rossiya Tergov qömitasi Rostov-Donda Boeing qulaşi böyiça jinoiy iş qözğatgani haqida xabar qilingandi.

Qayd etilişiça, Dubaydan Rostov-Dongaça masofa 3 soatu 56 daqiqada bosib ötilgan. Qulagan samolyot jami 6 soatu 5 daqiqa osmonda bölgan.

Eslatib ötamiz, 19 mart, şanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegişli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don şahri aeroportiga qöniş vaqtida halokatga uçradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bölgan barça yölovçilar (55 kişi) va ekipaj a'zolari (7 kişi) halok bölgan.