Xitoy hukumati umumiy aholisi 130 milliondan oşib ketadigan şaharlarni özida birlaştirgan megapolis taşkil qiliş rejasi ustida iş olib bormoqda.

Maydoni 132 ming kvadrat kilometrni taşkil qiluvçi “Jin-Tszin-Ji” deb atluvçi hudud Pekin, Tyantszin va Xebey şaharlarini öz içiga oladi. Aglomeratsiyalaşgan har bir şaharga ma'lum bir vazifa yuklatiladi. Masalan, Pekin texnologiyalar va madaniyatga “mas'ul” bölsa, Tyantszinda texnologik tadqiqotlar bilan şuğullanadi. Hozirça Xebey şaxriga vazifa yuklatilmagan. Ammo tahlilçilar bu şaharda işlab çiqariş korxonalari joylaştirilişini aytişmoqda. “Megaşahar mamlakat iqtisodiy islohotlarining lokomotiviga aylanadi”, deydi Tyantszindagi Nankay universitetining professori Lyu Gang.

Tyantszin şahri haqida ma'lumot beradigan bölsak – Xitoy şimolidagi megapolis bölib, markaziy hukumatga böysunuvçi törtta şahardan biridir. Tyantszin Xebey va Pekin bilan çegaradoş bölib, şarqda Tinç okeaniga çiqadi. Aholisining soni böyiça Pekin, Şanxay, Guançjou va Şençjyendan keyin beşinçi örinda turadi. Tyantszin şahar tarkibiga Eski şahar va Tyantszin porti hamda Tianjin Economic-Technological Development Area joylaşgan Tanggu iqtisodiy hududi kiradi. Şuningdek, 2009 yildan beri alohida iqtisodiy hudud sanalmiş Binxay (Binhai New Area) tumani ham kiritilgan. Ayni damda şaharda keng qamrovli ta'mirlaş işlari olib borilmoqda. Mahalliy aholining sözlariga qaraganda, yana bir neça yildan söng Tyantszin boşqaça köriniş kasb etadi.

Tyantszin şahriga XV asrda Min sulolasi tomonidan asos solingan. Şu davr moboynida şahar bir neça bor uruş va qözğolonlarni boşidan keçirdi. XX asrda Tyantszin Xitoydagi eng yirik sanoat şahriga aylandi. Şaharda ötgan asrlarda qurilgan yevropaça binolar saqlanib qolingan va ayrimlari ta'mirlangan. Tyantszin qadimiy me'morçiligini, an'ana va turmuş tarzini ma'lum ma'noda özida saqlab qolgan.

Tyantszinda balandligi böyiça jahonda törtinçi örinda turuvçi balandligi 415 metrlik Tianta teleminorasi qad rostlagan. Minora atrofi suv bilan qurşab olingan. Bu uni yanada körkam qilib yuborgan. Minora 1991 yilda qurilgan. Tyantszin örtasidan Xayxe daryosi oqib ötadi.

Tahlilçilarning fikriça, Tyantszin yangi iqtisodiy hududi Xitoy sanoatining lokomotivi, innovatsiya, oğir va yengil sanoatining yirik markazi sifatida tan olingan. Rockefeller, Motorola, Airbus kabi bir neçta transmilliy korporatsiyalar mazkur şaharda öz vakolatxonalarini oçişgan.

Tyantszin porti — Xitoy Şimoli va şimoliy-şarqidagi eng yirik erkin savdo hududi sifatida köriladi. Tyantszin öz imkoniyatlarini nafaqat iqtisod va sanoatda, balki sayyohlik sohasida ham namoyiş etişga ulgurdi. Şahardagi sayyohlik-savdo köçasi Tsin va Min sulolalari hukmronligi yillarida qurilgan binolar bilan sayyohlarni öziga jalb qiladi. Şaharga bir yilda 1 millionga yaqin sayyoh taşrif buyuradi. Xepinlu – qadimiy savdo markazi bölib, Xitoydagi eng uzun köça sifatida tan olingan. Özining teatrlari bilan Tyantszin Xitoydagi madaniy markazlardan biri sifatida köriladi.