Braziliyaning San-Paulu şahrida kiçik ölçamdagi, yengil motorli samolyotning 3 qavatli uy ustiga qulaşi oqibatida samolyot içidagi 7 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda El Nuevo Herald naşri.

Ta'kidlanişiça, uçuvçi yaqin atrofdagi aerodromga qöniş uçun manyovr bajarayotganda boşqaruvni eplay olmay, uyning garajiga urilgan.

Oqibatda samolyotdagi 3 ayol va 4 erkak halok bölgan. Uy içida bölgan bir ayol jarohat olgan.

Falokatga uçragan samolyot Vale toğ-kon kompaniyasining sobiq prezidenti Rojyer Agnelliga tegişli bölgan. Agnellining özi ham samolyotda bölgan, deb xabar bermoqda Globo naşri.

OAV ma'lumotlariga köra, samolyotda tadbirkordan taşqari uning rafiqasi hamda öğil va qiz farzandlari turmuş örtoqlari bilan birga bölgan.