Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik körayotgan «Dinamo» jamoasi murabbiylar ştabida özgariş yuz berdi.

Samarqand viloyati futbol federatsiyasi prezidenti taklifiga binoan, «Dinamo» klubi boş murabbiyi etib Ilhom Şaripov tayinlandi. «Dinamo»dagi futbolçilik faoliyati bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozona olgan sobiq futbolçi Özbekiston terma jamoasi safida 1994 yilgi Osiyo çempioni sanaladi. 48 yoşli mahalliy mutaxassis bungaça «Paxtakor» klubida seleksioner-murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Klub rahbariyati tomonidan Ilhom Şaripov oldiga joriy mavsum yakunlariga köra, jamoani Oliy Liga olib çiqiş va keyingi yildan Samarqandda barqaror va kuraşuvçan jamoani yaratiş vazifasi yuklandi. Şaripov klubda boş menejyer sifatida ham faoliyat yuritib, jamoada mahalliy yoş futbolçilar yetişib çiqişiga alohida e'tibor berişi tayinlandi. Murabbiylar ştabida unga yana ikki mahalliy yoş mutaxassis Uçqun Qobilov va Rafael Balasanyanlar yordam berişadi.

Futbolçi sifatida bir qator yutuqlarga erişib, yurtimiz futbolida öz örniga ega bölgan Ilhom Şaripovga boşlayotgan murabbiylik faoliyatida ham omad va zafarlar tilab, nafaqat Samarqand, balki özbek futboli rivoji uçun ham xizmat qilişini tilab qolamiz.

Manba: fcdinamo.uz