Rossiya fuqaroligiga ega AQŞlik maşhur bokçsi Roy Jons AQŞning Finiks şahrida MMA jangçisi Vayron Filips bilan jang ötkazdi. Boks qoidalari böyiça ötgan jang 47 yoşli Jonsning ğalabasi bilan yakunlandi: boksçi öz raqibini 2-raundda nokautga uçratdi.

Aralaş yakkakuraş jangçisi Filips uçun bu jang professional boksdagi ilk jangi böldi. Bungaça u MMA’da (Aralaş jang san'ati) 8 ta jang ötkazib, 5 tasida ğalaba qozongan, 3 tasida mağlubiyatga uçragandi. Qoidalarga köra, Jons bilan istalgan odam jang ötkazişi mumkin edi. Buning uçun jangga nomzod nima uçun u aynan Jons bilan jang qilişni istayotganini izohlagan videoni Jonsga yuborişi kerak edi. Natijada bu huquqni Filips qölga kiritdi.

Agar Filips yutadigan bölsa 100 ming dollar olişi kerak edi.

2015 yil sentabrda Rossiya fuqaroligini olgan Roy Jons boks tarixida törtta: 72,6 kg, 76,2 kg gaça, 79,38 kg gaça va öta oğir vazn toifasida çempion bölgan birinçi va yagona boksçi hisoblanadi. Uning hisobida 62 ta ğalaba va 9 ta mağlubiyat bor.