Fransiyaning soat işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Bell & Ross kompaniyasi AeroGT nomi ostida sport avtomobili prototipini taqdim etdi. Uşbu kupening namoyişi Baselworld 2016 körgazmasi doirasida bölib ötdi. Marosimda kompaniya har biri çeklangan 500 adadda işlab çiqariladigan ikkita yangi xronografni namoyiş qildi.
Orqa ğildiraklari “tortadigan” kupening umumiy uzunligi 4,7 metr, balandligi esa 1,1 metrni taşkil etadi. Superkar karbonli monokok asosida bunyod etilgan bölib, 4,2 litr hajm, sakkiz silindrli biturbo motor bilan ta'minlangan. Agregat 610 ot kuçiga ega. Tezlik uzatmalar qutisi – sakkiz bosqiçli robotlaştirilgan “transmissiya”.
Turgan joyidan yuz kilometr/soat tezlikka erişiş uçun soatsozlar işlab çiqqan superkar 2,9 soniya sarflaydi. Loyihaga köra, avtomobil startdan bir kilometrlik masofani 19,8 soniyada bosib ötadi. Eng yuqori tezligi esa soatiga 315 kilometrni taşkil etadi.
Baselworld 2016 körgazmasida yangi taqdim etilgan soatlar narxi esa 7900 yevroga baholandi. AeroGT istiqbollari töğrisida boşqa ma'lumotlar hozirça e'lon qilinmadi.






