Amerikalik olimlar 28 turdagi ilonlarning zahriga qarşi ta'sir etuvçi dori öylab topişdi. Işlab çiqilgan mazkur metodning afzal tarafi şundan iboratki, u universal böliş bilan bir qatorda maxsus şaroitlarda saqlanişni talab qilmaydi.
Agar sizni zaharli ilon çaqib olsa, albatta, unga qarşi ta'sir etuvçi antidot mavjud. Biroq, barça dorilar ilonning turiga qarab zaharga qarşi kuraşa oladi. Bundan taşqari, ular öz kuçini yöqotmasligi uçun ular iste'mol qilingunga qadar, muzlatkiçda saqlanişi lozim. Mett Lyuin va uning Kaliforniya fanlar akademiyasidagi hamkasblari yaratayotgan dori endi bu vaziyatni yanada yengillaştirişi mumkinligi aytilgan. Tadqiqotçilar şifokor yordamisiz ilonlarni 28 turdagi keng tarqalgan zahriga qarşi kuraşa oladigan universal antidotni taqdim etişni rejalaştirişganini ma'lum qilişdi.
Ilon çaqqan vaziyatda işlatiluvçi vositaning yaratiliş jarayonida dori inson organizmiga tuşgaç, turli ta'sir ötkazişi, jumladan, teri yalliğlanişi, falajlik, qon ivişi kabi kasalliklarni ham keltirib çiqariş ehtimoli borligi qiyinçilik tuğdirdi. Antidot samarali bölişi uçun bu jarayonlarning barçasiga ijobiy ta'sir körsatişi lozim edi.
Mett Lyuin jamoasi ilon zahri tarkibiga kiruvçi va yalliğlaniş jarayonida inson tanasida paydo böluvçi sPLA2 fermentiga bor e'tiborini qaratdi. Olimlar sPLA2 fermentini oldini oluvçi kimyoviy birikmalarni jamlaganidan söng kemiruvçilarda tajriba ötkazişdi va ularning aniqlaşiga köra, yalliğlanişga qarşi Varespladib (varespladib) moddasi sPLA2 fermentini kamaytiriş xususiyatiga ega ekanligini aniqlaşdi.
Olimlar fikriga köra, Varespladib 28 turdagi ilon zahri, jumladan, qora Mamba, Rassel qora iloni, hind kobrasi, kapça kobralari va boşqa zaharli ilonlarga qarşi öz ta'sirini ötkaza oladi. Mazkur dorini kemiruvçilarga qöllaş natijasida, barça jonivorlardagi sPLA2 fermentining kuçayişi töxtatilib, ular ölimdan saqlanib qolindi.
Amerikalik olimlar yaqin kunlarda yangi antidotni odamlarda ham sinovdan ötkazişlarini ma'lum qilişdi va bu dori minglab insonlarni ölimdan saqlab qolişiga işonişmoqda.







