Aziz yurtdoşlar, Kun.uz öquvçilari! Sizni kirib kelgan bahoriy yaşariş va yangilaniş, şarqona yangi yil deboçasi Navrözi olam bilan Kun.uz tahririyati nomidan çin dildan muborakbod etamiz!
Navrözi olam ölkamizga qadam qöyişi bilan har birimiz yon-atrofimizdagi tabiatning uyğonişi, kurtaklar va gul-çeçaklar oçilişi, bahor nafasidan bahramand bölamiz.
Şunday kunlarda xalqimizga tinçlik-omonlik, soğliq-salomatlik, barça ezgu niyatlari uşalişini tilab qolamiz. Dalalarda allaqaçon işlarni boşlab yuborgan zahmatkaş bobo-dehqonlarimizga möl-köl hosil, işlarida rivoj tilaymiz.
Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinç bölsin! Xonadonlarimizdan mehr-oqibat, fayzu baraka arimasin! Barçangizni bahoriy kayfiyat tark etmasin!
Navrözi olam barçamizga muborak bölsin!
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakda muattar çeçaklar kular,
Bir suluv kelinçak salomga kelar –
Ostonaga boş ur, aziz mehmonim!
Navrözing muborak, Özbekistonim!






