20 mart kuni Ispaniyaning Tarragona viloyatida talabalar avtobusi iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida halok bölganlar orasida Fransiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Ruminiya fuqarolari hamda bir özbekistonlik bor. Qurbonlarning 7 nafari italiyalik, 2 nafari germaniyalik bölgan. Bu haqda Kataloniya viloyati içki işlari böyiça jyeneralititet maslahatçisi Jordi Jane ma'lum qilgan.
Uning Catalunya Ràdio radiosi uçun bergan intervyusida bu avtohalokat qurbonlarining yoşlari 19 yoşdan 25 yoşgaça bölganini bildirilgan.
Yakşanba kuni Tarragonada avtobus va yengil avtomobil töqnaşişi natijasida 13 kişi qurbon böldi, 43 kişi turli darajada tan jarohatlari oldi.
Ulardan 20 nafarga yaqini hamon oğir ahvolda qolmoqda. Avtobus haydovçisi hamda töqnaşuvning ikkinçi iştirokçisi bölgan maşina haydovçisi va undagi yölovçilar falokatdan omon qolişgan. Avariya Ispaniyaning Barselona va Valensiya şaharlari orasida joylaşagan Freginals şaharçasi yaqinida sodir bölgan.
Daslabki ma'lumotlarga köra, haydovçi uxlab qolgan va avtobus yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqib ketib, ağdarilgan. Keyin unga yengil avtomobil kelib urilgan.
Avtobusdagilar 20ga yaqin mamlakat fuqarolari bölgan. Ularning barçasi “Erazmus” xalqaro almaşuv dasturi talabalari bölgan. Talabalar Barselonadan Valensiyaga Las-Falyas “Olovlar tuni” bayramidan qaytayotganida uşbu fojia sodir bölgan.
Uşbu hodisa munosobati bilan Kataloniyada 21-22 mart kunlari motam sifatida e'lon qilindi.






