Navröz insoniyatning eng qadimiy bayramlaridan biri bölib bir neça ming yillardan beri özbekning özligini namoyon etib kelayotgan qadriyatidir.
Ma'lumki, Navröz Şarq xalqlarining bahor bayrami sifatida ming yillar mobaynida insoniylik, mehr-muruvvat, mehnatsevarlik, sabr-toqat kabi qadriyatlarni namoyon etgan xolda nişonlanadi.
Bu bayram insoniyat özligini ilk bor yorqin namoyon eta olgani bilan ham ahamiyatlidir. Navröz bayrami 21 martdan boşlanib bir neça kunlab davom etgan. 2009 yilning 30 sentabr kuni Navröz YuNeSKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi röyhatiga kiritilgan edi. Qaror Taşkilotning nomoddiy merosni saqlaş hukumatlaroro qömitasining 24 nafar a'zosi tomonidan tasdiqlandi. 2010 yilning 19 fevral kuni BMT Boş Assambleyasining 64-sessiyasi 21 martni “Xalqaro Navröz kuni” sifatida nişonlaş töğrisidagi qarorni bir ovozdan qabul qildi. Qabul qilingan rezolyutsiyada mazkur bayram madaniyatlaroro muloqot va özaro tuşinişni rahbatlantirişi ta'kidlanadi. Şu tariqa Navröz biror bir millat yoki madaniyatning bayrami sifatida emas, balki butun insoniyat merosining bir qismi sifatida nişonlanmoqda.
Endilikda sayyoramizda istiqomat qiluvçi har bir inson xalqaro bayramning tölaqonli iştirokçisiga aylanadigan böldi. Navröz yaxşi qöşniçilik, xamkorlik, madaniyatlaroro muloqotlarni rahbatlantirişga xizmat qilişi şubhasiz.
Bu bayram endilikda xalqaro xamkorlikni rivojlantirişda muhim rol öynaşiga heç kim şubha qilmayapti. BMT Boş Assambleyasi qabul qilgan rezolyutsiyada Navröz keng nişonlanadigan davlatlarning bayram bilan boğliq anana, madaniyatini saqlaş va rivojlantiriş borasidagi xatti-harakatlari yuksak baholanadi. Endilikda, BMT tomonidan qabul qilingan qarorga köra, Navröz nişonlanadigan mamlakatlar bayram bilan boğliq anana va uning kelib çiqiş tarixini örganib, bu merosni xalqaro miqyosda keng tarğib qilişlari kerak böladi.
Boş Assambleya BMTning barça a'zo davlatlariga murojjat qilib, Navröz haqida axborot berişni kuçaytiriş, şu bilan birga zarurat tuğilganda BMT va xalqaro hamjamiyatning ixtisoslaşgan tuzilmalari, fond va dasturlari hamda xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, noxukumat taşkilotlari tomonidan har yili Navröz tantanalarini taşkillaştirişi yuzasidan maslahat berdi.
“Navröz”ning qaçon va qanday vujudga kelganligini aniq körsatiş qiyin. Şunday bölsada, işonç bilan aytiş mumkinki, bu bayram dono va zukko kişilar tomonidan kaşf qilingan. Çunki “Navröz” koinot va tabiat qonuniyatlari, ya'ni quyoşning hamal burjiga kirişi, keça va kunduzning uzaya boşlaşi, tabiatda jonlaniş yuz berişi, bahorning kelişi bilan boğliq tarzda ilmiy asoslanib belgilangan. Bu esa har qanday jamiyatda “yil boşi” (qaçon kelişidan qat'i nazar) Navrözni tabiat bayrami sifatida nişonlaş uçun asos bölgan. Aslida Navröz ibtidoiy jamoa davrida odamlar dehqonçilikka yangi iş mavsumi boşlaşdan oldin ötkazadigan bahor bayrami sifatida şakllangan. Zamonlar ötişi bilan bu bayram takomillaşib, unga mos kun aniqlangan. U “yil boşi” sifatida belgilanib, unga “Navröz” (ya'ni, “Yangi kun”) degan nom berilgan, deb taxmin qiliş mumkin.






