Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi Braziliyadagi yozgi Olmipiya öyinlari oldidan Olimpiya litsenziyalarini qölga kiritgan barça özbekistonlik sportçilarni dopingga sinovdan ötkazmoqçi, deb ma'lum qildi MOQning xalqaro aloqalar bölimi boşliği Bahodir Husanxöjayev.
Doping-sinovlarni iyun-iyul oylarida Jahon antidoping agentligi (WADA) rasmiy vakili iştirokida ötkaziş rejalaştirilmoqda. Şundan keyin bu namunalar WADA’ning mintaqaviy vakolatxonasi – Qozoğistonda joylaşgan Markaziy Osiyo antidoping agentligiga yuboriladi. Ular örganilgandan keyin Özbekiston MOQ natijalarni oladi.
“Joriy yilning özida 60 sportçini musobaqadan taşqari doping-sinovdan ötkazmoqçimiz. Ta'kidlaş joizki, oxirgi uç yil içida bizning birorta sportçida dopingga ijobiy namuna bölmagan”, deb aytdi Husanxöjayev.
Özbekiston MOQ vakili köplab olimpiyaçilar qonida mildronat moddasi aniqlangani bilan boğliq vaziyatni oddiy e'tiborsizlik deb atadi. Uning aytişiça, WADA 2015 yil martdayoq barça sportçilar va federatsiyalarni öz sayti orqali bu dori vositasi örganilayotgani, u kiritilgan taqiqlangan röyxat kuçga kirişidan 3 oy avvaloq çop etilgan.
Bundan taşqari, Husanxöjayev şifokorlar, sportçilar va federatsiyalar vakillari bilan aloqalarni kuçaytiriş zarurligiga alohida e'tibor qaratdi. Mutaxassis hozirda sportçilar kasal bölganda birinçi uçragan dorixonadan dori vositasi sotib olib, söngra doping-sinovlarda muammolarga duç kelişlari holatlari mavjudligini ta'kidlab ötdi.
“Terma jamoalar şifokorlariga sportçi istalgan vaqt ularga telefon qilib, maslahat olişi uçun telefonlari 24 soat davomida işlab turişi lozimligini yetkaziş zarur. Sportçilarning özlari esa ular biror-bir dorini faqatgina jamoa şifokori orqaligina qabul qilişlari kerakligini uqib olişlari lozim”, deb aytdi Husanxöjayev.
Husanxöjayevning aytişiça, e'tibor qaratiş kerak bölgan yana bir muhim jihat – bu taqiqlangan vositalardan davolaşda foydalanişni töğri rasmiylaştirişdir, bu hozirda köplab sportçilar tomonidan keng foydalanmoqda.
Özbekiston Olimpiya harakati tarixida şunday holat ikki marta bölgan. Bunday holatlardan birida federatsiyalardan biri öz sportçisiga tibbiy körsatmalar böyiça zarur bölgan taqiqlangan vositani ukol qilgan. Bir neça kundan keyin WADA e'tirozlar bildirganda, barça jarayon davolaş orqali rasmiylaştirilgani uçun heç qanday muammo bölmagan.
“Boşqa holat London Olimpiadasida yuz bergan. Sportçimizga zudlik bilan ukol qiliş kerak bölgan, bundan oldin barça zaruriy hujjatlar qoida böyiça töldirilgan va heç qanday muammo yuzaga kelmagan. Bunday vaziyatlarda taqiqlangan vositalarni qöllaş tartibini aniq biliş kerak. Avval şifokor MOQga zaruriy hujjatlarni topşiradi, biz uni WADA’ning mintaqaviy bölimiga beramiz, u yerdan esa markazga jönatiladi. Bundan keyin WADA’ning özi sportçiga va uning şifokoriga u bu vositani işlatiş mumkin-mumkinmasligi, qanday miqdorda va qanday muddatlarda işlatişi böyiça tasdiqlov jönatadi”, deb aytdi MOQ mutaxassisi.






