Qozoğiston markaziy saylov komissiyasi parlament quyi palatasiga ötkazilgan saylovning dastlabki natijalarini ma'lum qildi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
MSK rahbari Kuandik Turgankulovning ma'lum qilişiça, uç partiya: prezident boşçiligidagi “Nur Otan”, Qozoğiston kommunistik partiyasi va “Ak jol” partiyalari 7 foizdan köp ovoz olgan.
“Nur Otan” partiyasi saylovçilarning 82,15 foiz, “Ak jol” Qozoğiston demokratik partiyasi 7,18 foiz, QKP esa 7,14 foiz ovozini olgan.
Qolgan partiyalar esa: “Auil” 2 foiz, Umummillat sotsial-demokratik partiyasi 1,18 foiz, “Birlik” partiyasi esa 0,29 foiz ovoz olgan.






