Ispaniya çempionatining 30-turidan örin olgan "Real" Madrid – "Sevilya" bahsi öz yakuniga yetdi. Uçraşuvni faol boşlagan madridliklar 6 daqiqaga kelib hisobda oldinga çiqib oldi. Benzema öz hisobiga gol yozib qöydi.
Ikkinçi bölim boşida Ronaldu penaltidan unumli foydalana olmaganidan söng 64 daqiqaga kelib baribir öz nomini tabloga yozdirib qöyişga erişdi. Oradan 2 daqiqa ötib Beyl sahnaga çiqdi. Uçraşuv söngida Xese oyinga yakuniy nuqta quyib "Real"ning işonçli ğalabasini taminladi
Ispaniya Primerasi, 30-tur
Real Madrid - Sevilya 4:0
Gollar: Benzema, 6 (1:0); Ronaldu, 64 (2:0); Beyl, 66 (3:0); Xese, 86 (4:0).
"Real" Madrid - Navas, Varan, Marselo, Danilo, Naço, Kroos, Kazemiro, Modriç, Beyl, Ronaldu, Benzema.
"Sevilya" - Riko, Figeyraş, Kolodzeyçak, Rami, Eskudero, Iborra, Kryxovyak, Koke, Kristoforo, Tremulinas, Gameyro.






