Butun dunyodagi internet foydalanuvçilarining muloqot maydoni bölmiş Twitter ijtimoiy tarmoğiga asos solinganiga 10 yil töldi. Bugun tarmoq foydalanuvçilari şu munosabat bilan #LoveTwitter xeştegi ostida tvitlar qoldirişmoqda va bu heşteg trendning eng yuqorisida turibdi.

2006 yil 21 mart kuni uning asosçilaridan biri Jyek Dorsi "Men öz tvitterimni yaratyapman" degan ilk tvitini yozgandi. Ötgan vaqt içida ijtimoiy tarmoq 35 tilda yuritiladigan, oylik auditoriyasi 320 million foydalanuvçiga yetadigan katta resursga aylandi. Dunyoning 35 davlatida kompaniya ofislari joylaşgan. Akkauntlar 79 foizi AQŞdan taşqarida oçilgan.

"Twitter jahonda qanday yangiliklar röy berayotganini qulay usulda biliş uçun eng yaxşi vosita. Uni allaqaçon ulğaygan bolakayga öxşatiş mumkin. Mazkur servis yangiliklarni bir zumda tarqatiş imkoniyatini beradi", — deya kompaniya asosçisi va boşqaruvçisi Jyek Dorsi NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida.

Twitter 140 ta belgidan iborat çeklovni bekor qilmaydi

"Biz bir qança özgarişlarni amalga oşirdik. Lekin tvitda belgilardan foydalaniş böyiça çeklov öz örnida qoladi. Bu biz uçun yaxşi çeklagiç, u lönda böliş imkonini beradi", deydi Dorsi.

Şu tariqa, Dorsi OAVlarda Twitter tez orada bitta tvitdagi belgilar soniga qöyilgan çeklovni olib taşlaşi haqida vaqti-vaqti bilan paydo bölib turgan xabarlarni rad etdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Twitter foydalanuvçilarga hozirgi 140 belgi örniga 10 minggaça belgidan iborat hajmdagi postlarni joylaştiriş imkoniyatini berişni rejalaştirayotgani aytilgan edi.