Va'da qilinganidek Apple 21 mart kuni öz qurilmalarining yangi avlodlarini taqdimotini boşladi.

Taqdimotni Apple kompaniyasining boş direktori Tim Kuk boşlab berdi. Uning ta'kidlaşiça, “dunyo böylab Apple qurilmalari foydalanuvçilari soni bir milliardga yetdi”. Şunday qilib, Apple mart oyi taqdimotida yangi iPhone SE smartfonini taqdim etdi.

Uning taşqi körinişi “iPhone 5s” nikidan deyarli farq qilmaydi. Uning “miyasi” iPhone 6s niki bilan bir xil – protsessor A9 va uning yordamçisi M9. Yangi protsessor tufayli “iPhone 5s”dan ikki baravar tez işlaydi. Yangi ranglardan “puşti oltin” rangi sotuvga çiqariladi.

iPhone SE ning kamerasi 12 megapiksel bölib, 6s nikidan farq qilmadi va “jonli rasmlar” (Live photos) vazifasi qöşilgan. Bundan taşqari, video 4k sifatida tasvirga olinadi.

Yangi qurilmalar 16 Gigabaytli rusumi uçun 399 dollar va 64 gigabaytli rusumi uçun esa 499 dollar qiymatida sotuvga qöyiladi.

Oldindan buyurtma beriş 24 mart kunidan boşlanadi. Qurilmani 31 martdan qölga kiritsa böladi.