BMT boş kotibi Pan Gi Mun 21 mart kuni Navröz bayramini nişonlaydigan barça xalqlarni bayram bilan tabrikladi. Marosim vaqtida Pan Gi Mun bu bayramning "insoniyat madaniyatining bir qismi" ekanini ta'kidlagan va bu bayramni nişonlaş taşkilotning me'yorlariga töğri kelişini aytib ötgan.

"Navröz - bu bugungi çegaralar va ixtiloflardan qadimiyroq bayram. U çegaralar muhim emasligini, barçamiz insoniyat farzandi ekanimizni eslatib turadi. Şu tariqa, Navröz barça tösiqlarni buzib taşlaydi va özaro işonç hosil qiladi. Qadimda Navröz bayrami kuni uruşlar töxtatilgan, gina-kudratlar, arazlar unutilgan. Jahonda tinçlik bölsin. Navröz ayyomi bilan qutlayman", deydi Pan Gi Mun.

Navröz Markaziy Osiyo xalqlari 3 ming yildan köproq vaqt davomida bayram qilib kelayotgan eng qadimiy ayyomdir. Navröz köplab xalqlarning an'anasi sifatida 2009 yilda YuNeSKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritildi. BMT Boş Assambleyasining 2010 yildagi yalpi majlisida 21 mart – Xalqaro Navröz kuni deb e'tirof etildi.

Bu bayram Özbekiston, Afğoniston, Ozarbayjon, Albaniya, Gruziya, Hindiston, Iroq Kurdistoni, Eron, Tojikiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Makedoniya, Şinjon-Uyğur avtonom hududi va Turkiya kabi mamlakatlarda keng kölamda nişonlanadi. Umuman olgandan, bu bayramning nişonlaniş doirasi dunyodagi 300 mln kişini qamraydi.

"Navröz xilma-xillikning birlaşgani uçun namunadir", deya qayd etadi BMT boş kotibi.