Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani DSI tekşiruvlar şö'basi lavozimida işlab kelgan Şavkat Kamolov öz mansabini suiste'mol qilib, 1100 AQŞ dollari pora olayotganida qölga tuşdi. Bu haqida “Huquq” naşri habar beradi.

Şavkat Kamolov 2011 yilning noyabr oyidan boşlab Qorovulbozor tumani DSI tekşiruvlar şö'basi lavozimida işlab kelgan. U mansab mavqeidan foydalanib, Nazorat qiluvçi organlar faoliyatini muvofiqlaştiriş Respublika kengaşining 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan reja jadvali hamda Qorovulbozor tuman davlat soliq inspeksiyasining 2015 yil buyruğiga asosan tumandagi lyuks “Sarbon-Sardoba” mas'uliyati çeklangan jamiyatning 2011-2014 yillardagi faoliyatini tekşiradi.

Ş. Kamolov tekşiriş yakunlari haqida dalolatnomani yozmay turib, soliqlarni tölaşda kamçiliklar borligini rökaç qilib, MÇJ raisi Uluğbek Oqiyevdan bu işni yopiş uçun 1100AQŞ dollari söraydi. Bu haqida Oqilov huquqni muhofaza qiliş organlariga habar beradi va 2015 yil 4 mart kuni Ş. Kamolov MÇJ raisi U.Oqilovdan 1100 AQŞ dollarini olayotganda huquqni muhofaza qiluvçi organ hodimlari tomonidan qölga olindi. Öz mansabini su'istemol qilgan Ş. Kamolov 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.