Hybrid Air Vehicles Britaniya kompaniyasi dunyodagi eng katta havo kemasi - dirijabl Airlander 10’ni namoyiş etdi. Ulkan uçar moslama bugun – 22 mart kuni Kardington aerodromida yerdan bir metr balandlikka kötarildi, yaqin oylarda uning birinçi sinov parvozlari rejalaştirilgan.

Airlander 10’ning uzunligi 92 metr, bu dunyoning eng katta samolyoti - An-225 “Mriya”dan 8 metrga uzunroq. Tezligi soatiga 150 kilometr.
Samolyot, vertolyot va dirijabl körinişi va xususiyatlariga ega gel bilan töldirilgan uşbu uçiş moslamasi avvaliga Amerika armiyasi uçun möljallangan edi. Biroq mudofaa byudjyetiga ajratilgan mablağning qisqarişi oqibatida şartnoma bekor qilingan, uçoq esa Hybrid Air Vehicles kompaniyasiga qaytarilgan edi. Şundan söng britaniyaliklar uni tijorat sohasiga yönaltirişga qaror qilişdi.

Airlander 10 yaratuvçilari undan sayyohlik va yuk taşiş maqsadlarida foydalanişni rejalaştirişgan. Apparat vertikal holatda ham uça oladi hamda har qandan yuzaga, jumladan, muz, qum va suv yuzasiga ham qöna oladi. Şuningdek, dirijabl şovqinsiz va atrof-muhitga beziyon. Airlander 10 havoda beş kun davomida uça oladi.

Hybrid Air Vehicles kompaniyasi 2018 yilgaça 12ta dirijabl qurişni rejalaştirgan. Sinovda 200 soat uçgandan keyin kompaniya tijorat parvozlariga ruxsat beradi.
Ma'lumot uçun: Tarixdagi birinçi dirijabl 1852 yili uçgan. Buğ dvigatelli moslamani fransuz ixtiroçisi Anri Jiffar yaratgan. Eng katta havo kemasi esa “Gindenburg” bölgan. Uning ilk parvozi 1936 yil 4 mart kuni amalga oşirilgan. Hajmi böyiça u Amerikaning zamonaviy Boeing 747 dan tört barobar katta bölgan. “Gindenburg” Germaniya va AQŞ örtasida kruizlarni amalga oşirişi reja qilingan. Lekin 1937 yil bortda portlaş oqibatida yuzaga kelgan avariya bu rejalarga va dirijabl qurilişi taraqqiyotiga ham nuqta qöydi.







