Kelib çiqişiga köra venger bölgan amerikalik tadbirkor, Intel korporatsiyasi asosçilaridan biri va sobiq rahbari Endryu Grouv 80 yoşida vafot etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bergan.

1968 yilda u Robert Noys, Gordon Mur va boşqa hamkorlari bilan birgalikda Intel korporatsiyasini taşkil etgandi. U 2005 yilda direktorlar kengaşi a'zoligidan iste'foga çiqqandi.

Korporatsiyaning amaldagi rahbari Brayan Krzaniç uning ölimi munosabati bilan ta'ziya bildirgan va uning öz hamkorlarini ilhomlantiriş borasidagi fazilatlarini yod etib ötgan.

Boşqa tadbirkorlar ham uning ölimi munosabati bilan uni yod etgan.

"Endi Grouv texnologiya dunyosi gigantlaridan edi. U mamlakatimizni yaxşi körar edi va uning yanada yuksalişi uçun öz hissasini qöşardi. Tinçlikda orom ol", deya tvit yozadi Apple rahbari Tim Kuk.