AQŞning Florida ştatida joylaşgan Ijtimoiy tarix muzeyi xodimlari ötgan yili qayd qilingan akulalar hujumi yuzasidan hisobot e'lon qildi. Ma'lumotlarga köra, eng köp akula hujumi AQŞda qayd qilingan.
Akula hujumlari örganilayotgan 1935 yildan beri eng köp hujumlar 2015 yilda yuz bergani aytilmoqda. 1935 yili Janubiy Karolina ştatidagi Çarlston muzeyining direktori Milbi Burton akulalar hujumi bilan boğliq birinçi maqolasini e'lon qilgan edi. Şundan beri ötgan davr mobaynida 5 mingga yaqin kişi akulalar hujumiga uçradi.
Jahonda ötgan yili qayd qilingan 98ta akula hujumining 59tasi AQŞ hissasiga töğri keladi. Sönggi bor eng köp körsatkiç 2000 yilda qayd qilingan bölib, öşanda 88ta akula hujumi röyxatga olingan edi. Akula hujumlari böyiça e'lon qilingan körsatkiçga qaraganda ikkinçi örinda 18ta hujum qayd qilingan Avstraliya va uçinçi örinda 8ta hujum qayd qilingan Janubiy Afrika Respublikasi turadi.
Ma'lumotlarga qaraganda, ötgan yili akula hujumlari oqibatida olti kişi xalok bölgan. Ikkita hodisa Fransiyaning Hind okeanidagi Reyunon orolida yuz bergan bölsa, qolganlari Avstraliya, Misr, Yangi Kaledoniya va AQŞ sohillarida qayd qilindi. AQŞda eng köp akula hujumlari Florida ştatida qayd qilingani aytilmoqda. Ötgan yili bu ştatda bu bilan boğliq 30ta hodisa qayd qilingan. Şimoliy va Janubiy Karolina ştatlarida 16ta, Gavayida 7ta, Kaliforniyada 2ta va Texasda 2ta hodisa röyxatga olindi. Nyu-York va Missisipi ştatlarida bittadan hodisa qayd qilingan.
Muzey ekspertlari bundan buyon akula hujumlari köpayib borişidan ogohlantirişmoqda. Çunki yer yuzida insonlar soni ortgani kabi akulalar ham köpaymoqda ekan.
Tahlilçilarning fikriça, akulalarning insonlarga hujumi avval ham bölgan, bundan keyin ham töhtamaydi. Million yildan beri bu mahluq dengiz va okean suvlarida boşqa jonivorlarga tahdid solib keladi. Odamlar akulalar haqida köp narsalarni biladi, ayrimlaridan bexabar. Köpçilik uni ölim maşinasiga qiyoslaşadi.
Florida universiteti qoşidagi ijtimoiy tarix muzeyi xodimlarining aytişiça, boşqa sabablarga köra odamlarning vafot etişi bilan soliştirganda akulalar hujumi oqibatida insonlarning halok bölişi, ozroq ekan. Masalan AQŞ sohillarida har yili yaşin urişidan örtaça 38 kişi halok böladi. AQŞda har yili örtaça 3 mingdan ortiq kişi çökib ketsa, akula hujumidan bir kişi vafot etar ekan.
Olim Jordj Byordjyess tomonidan 2014 yil iyulida e'lon qilingan tadqiqotlarga köra, global iqlim özgarişi tufayli akulalarning odamlarga hujumi yil sayin ösib boraveradi. Bugungi kunda akula hujum qilgan odamlarning 95,5 foizi tirik qoladi. Ayrimlari bir umrga nogiron bölib qoladi. Akulalar asosan yoz oylparida, şunda ham asosan kunduz kunlari odamlarga hujum qiladi.






