Jahon iqtisodiyotidagi sönggi tendensiyalar, Osiyo mamlakatlarida yangi iqtisodiy inqiroz tahdidlari, rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan örni hamda Rossiya va Xitoy hamkorlik munosabatlari – Boao (Janubiy Xitoyning Xaynan orol provinsiyasi)da 2001 yildan buyon an'anaviy tarzda ötkazib kelinadigan navbatdagi Osiyo iqtisodiyot forumining asosiy muzokara va debat mavzulari etib belgilandi.

“Jahon iqtisodiyoti Xitoyga keng innovatsion bozorni taklif etdi va XXR rivojlanişiga zamin yaratdi. Ayni paytda Yevropa mamlakatlarida yangi innovatsiyalar sonining kamayişi va AQŞ innovatsion salohiyatining susayişi kuzatilmoqda. Xitoy ularning örnini egallaşi va yangi innovatsiya manbasiga aylanişi mumkin. Şu sababdan XXR yaqin yillarda iqtisodiy tamaddunning yangi modeliga ötişi mumkin”, - deb ma'lum qildi forum oçiliş arafasida iqtisodçi Edmund Felps, 2006 yilda iqtisodiyot yönalişi böyiça Nobel mukofoti laureati.

Osiyo taraqqiyot banki yetakçi iqtisodçisi Vey Şantszinning sözlariga köra, forum iştirokçilari Osiyo mamlakatlari iqtisodiy ahvoliga köproq diqqat qaratişlari lozim.

Forum oçiliş marosimi arafisida XXR taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kanning ma'lum qilişiça, bu yil forumda 12 mamlakat – Belgiya, Vetnam, Kambodji, Laosa, Myanma, Tailand, Nepal, Litva, Indoneziya va Janubiy Koreya davlatlari vakillari iştirok etadilar.

Bu yilgi 15-forum “Osiyoning yangi kelajagi: yangi dinamika, yangi kuçlar” şiori ostida ötadi. Forum doirasida rejalaştirilgan 83 ta tadbirda 2 ming nafar siyosatçi, iqtisodçi va tadbirkorlar iştirok etişi kutilmoqda.