19 mart kuni Çikagoda yaşovçi özbeklar birgalaşib Navröz bayramini nişonlaşdi. Bayram bahona yurtdoşlar bir-birlari bilan diydor körişişdi. Barçada bahoriy kayfiyat jöş urib, mehmonlar kiyib kelgan milliy liboslar esa yanada bayramona ruhiyat bağişladi. Bayram keçasi boşlanişidan avval Özbekistonning Nyu-Yorkdagi konsul örinbosari Uluğbek Ahmedov Çikagoda istiqomat qiluvçi özbeklar bilan suhbat qurdi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Bundan taşqari, bayram arafasida özbek milliy ertaklari kitobi hamda milliy matolar yarmarkasi taşkil etildi.

Bayramni jarçi bolajonlar oçib berişdi. Tabriklar, kuy va qöşiqlarga ulangan tantanada Çikagodagi özbek maktabi bolalarining faol iştirok etişgani yiğilganlarga yanada zavq bağişladi. Bolalar “Kim oladi, şu ginani?" deb atalgan özbek milliy öyinini namoyiş etişdi. Gulruh Gadoyeva tomonidan mahorat ila ijro etilgan "Fasli navbahor" qöşiği mehmonlarlarning samimiy olqişlarini qozondi. Dasturxonga milliy taomlar, jumladan, oş va sumalak tortildi. Bayram qiziqarli öyinlar bilan davom etdi.

Şuningdek, bayram davomida Çikago özbek-amerika assotsiatsiyasi prezidenti Olim Şaripov 2015 yilning eng faol a'zolariga esdalik sovğalarini topşirdi. Çikago özbek maktabining eng faol öqituvçisi nomi — Hulkar Aşurovaga nasib etdi. Jamşid Eşonxöjayev esa Çikagodagi özbeklar içida 2015 yilning eng faol yigiti deb topildi. Şuningdek, Çikago özbek maktabining eng faol öquvçisi nomiga Sevara Qodirova erişdi. Bayram söngida auksion ötkazildi. Auktsiondan tuşgan mablağlar Çikago özbek maktabi fondiga taqdim etildi.