Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti katta öqituvçisi Zokir Kanakov 1978 yil Özbekiston Milliy universiteti (öşa paytda ToşDU) ni a'lo bahoga bitirib, öz ilmiy faoliyatini Fizika texnika instituti va Yadro fizikasi institutida davom ettirgan. Diplom işini Tomsk politexnika instituti qoşidagi yadro fizikasi institutining elektron tezlatkiçlar laboratoriyasida bajargan.
Özining pedagogik faoliyati davrida kvant mexanikasi, yadro fizikasi, atom fizikasi, elementar zarralar fizikasi, nurlanişning moddalar bilan ta'sirlaşuvi, tezlatkiçlar fizikasi va şu kabi fanlardan maşq hamda laboratoriya maşğulotlarini olib borgan.
Hozirda fizika fakulteti “Yadro va nazariy fizika” kafedrasida öz ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar. Bugungi kunga qadar ustozning rahbarligida 17 talaba magistrlik dissertatsiyasini, 50 ga yaqin talaba diplom va malakaviy bitiruv işlarini muvaffaqiyatli himoya qilişgan. Ularning aksariyati respublikamiz hamda dunyoning köpgina ilmiy markaz va universitetlarida ilmiy pedagogik faoliyat olib borişmoqda.
– Men Zokirjonni talabalik davrimdan bilaman,– deydi “Yadro va nazariy fizika” kafedrasi mudiri örinbosari A'zamjon Rahmatov.– U ilmga çanqoqligi va tirişqoqligi bilan talabalar va ustozlar hurmatini qozongan. Zokirjon öz hayotini ilmga baxşida etgan fidoiylardan biri, öz faoliyati davomida qator yutuqlarga erişgan. 2008-2011 yillarda Matematik fizika, statistik fizika böyiça dunyoning eng yaxşi 100 muallifi röyxatiga kirgan. Ilmiy pedagogik faoliyati davomida uning 100ga yaqin ilmiy, uslubiy işlari va 5ta öquv hamda öquv uslubiy qöllanmalari çop ettilgan.
Ilm ahli tavallud ayyomni qanday nişonlaşni bilişadi. Qutlovlar bilan boşlangan yiğin ilmiy seminarga ulanib ketdi. Fizika matematika fanlari doktori Abdulla Nosirovning “Sintez sverxtyajyolyx elementov poisk ostrova stabilnosti” mavzusidagi ma'ruzasi tinglovçilarga yangidan yangi ma'lumotlarni berdi.
“Nisbiylik nazariyasining 100 yilligi” deb nomlanuvçi ma'ruzada esa Eynşteynning maşhur nisbiylik nazariyasi haqida söz ketdi. Olimning hayotidan keltirib ötilgan qiziqarli ma'lumotlar barçaga manzur böldi.
Öz doktorlik dissertatsiyasi ustida iş olib borayotgan Hayot Ismatullayevning “Angarmonik potensialda Boze Eynşteyn kondensati dinamikasi” mavzuidagi ma'ruzasi tinglovçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Seminar qatnaşçilari özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi.






