HTC 2016 yil 12 aprel kuni öz rasmiy htc.com saytida yangi flagman smartfonining taqdimotini ötkazişini ma'lum qildi.
Taxminlarga köra, yangi moslamaning nomi HTC 10 yoki HTC One M10 deb ataladi.
Oxirgi One A9 premium-smartfonini kompaniya 2015 yil noyabr oyida namoyiş etgan edi. Bu model M9 flagmanining ingiçka versiyasi körinişida bölgan.
2015 yil avgustda tayvanlik smartfon va planşetlar işlab çiqaruvçi kompaniya asosiy e'tiborini yangi moslamalar işlab çiqariş va ularning savdosiga qaratiş maqsadida xodimlar sonini qisqartiriş va ba'zi modellarning narxini pasaytirişini ma'lum qilgan.







