AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri Moskvaga taşrif buyurdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.
Kerri taşrif davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar ötkazişi rejalaştirilgan.
Uning Moskvaga taşrifi 2 kun davom etadi. 24 mart, payşanba kuni Kerri Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkazişi kutilmoqda. Uçraşuvlarda Suriyadagi siyosiy inqiroz, Ukrainadagi vaziyat va Yaqin Şarqdagi holat, şuningdek xalqaro xavfsizlik muammolari yuzasidan muhokama ötkazilişi közda tutilgan.
RIA Novosti muxbiri 21 mart kuni Gavanada Kerriga Moskvadagi uçraşuv yuzasidan yuzlanib, uçraşuvdan nima kutayotgani haqida savol berganida AQŞ rasmiysi şunday javob bergandi: "Biz Yaqin Şarq va Ukrainadagi vaziyat şuningdek, xavfsizlik masalalarini muhokama qilamiz".
Muzokaralar davomida öziga xos mavzular muhokama qilinadimi degan savolga Kerri: “Öziga xos mavzular bisyor” deya javob qildi. Lekin u aynan qaysi mavzularni aytayotgani haqida töxtalib ötmagan.
Qayd etiş kerakki, Kerri keyingi 1 yil içida uçinçi marta Moskvaga kelmoqda. Uning Moskvaga oxirgi taşrifi 2015 yilning dekabrida yuz bergandi.
Kerri, şuningdek, Rossiya rahbariyati bilan “Minsk kelişuvlarining töliq amalga oşirilişi zarurligini” muhokama qilmoqçi. Şu tufayli Rossiya TIV Jon Kerrining bu taşrifi Rossiya-Amerika munosabatlarining normallaştirilişiga turtki bölişiga umid bildirmoqda.
AQŞ Davlat departamenti Jon Kerrining Moskvaga taşrifining aniq sanasini e'lon qildi
Kerri Putin bilan köplab muhim masalalarni muhokama qilmoqçi






