Malayziya sobiq boş vaziri Maxatxir Muhammad mamlakatning hozirgi boş vaziri Najib Razzoqni korrupsiya hamda “mansabni suiiste'mol qiliş va işonçni oqlamaslik”da ayblab sudga berdi.
Reuters agentligining xabariga köra, boş vazir, şuningdek, “faol va ongli ravişda firibgarlik harakatlarda... huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan olib borilgan suriştiruv-tergov işlariga xalal beriş, aralaşiş va qiyinçilik tuğdiriş”da ham ayblanmoqda.
Ötgan yilning iyul oyida Amerikaning The Wall Street Journal naşrida Malayziya hukumati rahbari Najib Razzoq xususiy hisob raqamiga davlat sarmoya jamğarmalari bilan boğliq 1MDB kompaniyasidan ikki yil davomida 700 million dollar kelib tuşgani haqida maqola çot etilgandi. Şundan söng Antikorruptsion bölim, Markaziy bank va politsiya vakillaridan iborat maxsus komissiya tuzilgan, tekşiruv natijasi mahkama rahbarining şaxsiy hisob raqamida, haqiqatdan ham, bir neça yuz million dollar borligini körsatgan edi. Biroq boş vazir uşbu mablağlar unga siyosiy maqsadlarda xayriya qilinganini va u bu mablağdan şaxsiy maqsadlarda foydalanmaganini ma'lum qilgan.







