Bryusseldagi portlaşlar butun Yevropani larzaga soldi, biroq terroristlarning nişoniga aynan Belgiya tanlangani ajablanarli emas, deb yozadi The Guardian naşri.

Naşrda bildirilişiça, bu kiçik mamlakatda radikal faoliyat uçun şart-şaroit yetarli edi. Ular orasida ozçilikni taşkil etuvçi musulmonlarga nisbatan şakllangan salbiy munosabat, işsizlik darajasining yuqoriligi, erkin qurol savdosi, transport va aloqa tarmoqlarining rivojlanganligi hamda siyosiy beqarorlik alohida örin tutadi. Bularga qöşimça ravişda belgiyalik rahbarlarning yetarli darajada ogoh emasligi uşbu fojyealarning yuz berişiga zamin yaratdi.

The Guardian naşrida yozilişiga köra, terrorizm muammosining ildizlari Yaqin Şarqda tartibsizliklar boşlangan saksoninçi va töqsoninçi yillarga borib taqaladi. Köplab ekspertlar terrorizmning boşlanişini Aljirdagi Fuqarolik uruşi bölgan Fransiya va Belgiya bilan ham boğlaşadi.

Ötgan ön yillikning birinçi yarmida, ya'ni terroristlar London va Madridga zarba bergan paytda Belgiyada ekstrimistga qarşi kuraşiş çora-tadbirlariga keragiça e'tibor qaratilmagan, terroristlar esa kuç töplab borgan.

Suriyadagi uruş bu jarayonni tezlaştirib yubordi, deb yozişda davom etadi naşr. Taxminan 500 nafar belgiyalik Yaqin Şarqqa uruşda qatnaşiş uçun yuborildi. Bu Yevropa mamlakatlari örtasida eng katta raqam. Yuborilganlarning aksariyati IŞID va boşqa terroristik guruhlar ta'siriga tuşib, terroristik hujumlarga tayyorlangan holda Yevropaga qaytdilar.