AQŞ prezidenti Barak Obama Argentinaga rasmiy taşrif bilan bordi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Öz safari vaqtida AQŞ rahbari argentinaliklar prezidenti Maurisio Makri bilan muloqot ötkazişi rejalaştirilgan.
Qayd etilişiça, safardan maqsad ikki mamlakat örtasidagi diplomatik munosabatlarni tiklaş va savdo sohasidagi aloqalarni mustahkamlaş hisoblanadi.
Obama 2 kun davomida Argentinada bölişi rejalaştirilgan. Buenos-Ayresga amerikaliklar prezidenti öz rafiqasi Mişel Obama hamda qizlari Maliya va Saşa bilan birgalikda bordi.
21 mart kuni Obama Kubaga taşrif uyuştirgandi. U 88 yil davomida mazkur orol-davlatga kelgan AQŞning birinçi amaldagi davlat rahbari böldi. AQŞ 1961 yilda Kuba bilan diplomatik aloqalarni uzgan va savdo-iqtisodiy embargoni joriy etgandi.
Taşrif davomida Obamaning eski Gavana böylab sayr etişi, Kuba rahbari Raul Kastro, Gavana arxiyepiskopi, kardinal Xayme Ortega, şuningdek, mamlakat fuqarolik jamiyati vakillari bilan uçraşuvlari amalga oşirildi.






