UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatorining poytaxtda oçilgan yangi sotuvlar va xizmat körsatiş ofisi mehmonlarni qabul qilişni boşladi. U Muhammad Yusuf köçasi, 68 uy manzili böyiça – Buyuk Ipak yöli metro bekatidan çiqişda joylaşgan. Ofis har kuni soat 8.00dan 22.00gaça tuşlikka tanaffus va dam oliş kunlarisiz iş yuritadi.

Yangi salonda abonentlar UMS tarmoğiga ulanişlari, Internet-töplamlar harid qilişlari, tarif tanlaşlari, qöşimça xizmatlar yoqişlari, haqi bölib tölanadigan alohida toifadagi raqamlarni rasmiylaştirişlari, şuningdek mobil aloqaning barça masalalari böyiça maslahat olişlari mumkin.

«Yangi sotuvlar va xizmat körsatiş ofislarini oçiş orqali UMS xizmatlari yanada ommabop bölişiga intilamiz. Respublikaning nafaqat poytaxtida, balki boşqa aholi punktlarida ham özimizga qaraşli ofislar tarmoğini rivojlantiriş – mijozlar bilan işlaş böyiça ijobiy tajribamizni boyitişga qaratilgan çoralardir. Bu orqali abonentlarimizni operator taklif etayotgan xizmatlardan qulay va tezkor ravişda foydalanişlariga şaroit yaratamiz», — deya çakana savdo tarmoğini kengayişiga izoh berdi UMSning sotuvlar va xizmat körsatiş böyiça direktori Yuriy Sveçnikov. – Şuni ta'kidlaş kerakki, bugungi kunda Toşkent şahri hududida UMSning ikkita xizmat körsatiş markazi va endilikda törtta öziga qaraşli ofislar faoliyat olib bormoqda».